Dunyoda turli-tuman xalqlar, millatlar va insonlar mavjud. Ularning ichida esa bir xil ism bilan ataluvchilari talaygina. Bizning bugungi maqolamiz sayyoramizdagi eng mashhur ismlar haqida.
Sofiya
So’nggi yillardagi eng mashhur ayol ismi Sofiya ekanligi ko’pchilik uchun kutilmagan yangilik bo’ldi. Ular bu mashhurlik uchun hech qanday izoh berolmadilar – bunga hech qanday tashqi sabablar yo’q edi: na shunday nomga ega mashhur shaxslar, na kitoblar yoki film qahramonlari ham paydo bo’lmadi. Shunga qaramay, odatda statistikani kuzatadigan dunyoning 25 mamlakatida Sofiya eng keng tarqalgan ism hisoblandi.
Ammo yaqin10-20 yil oldin, bu ism hatto eng mashhur ismlarning o’ntaligida ham mavjud bo’lmagan. 49 mamlakatda statistikani tahlil qilgan amerikalik sotsiologning so’zlariga ko’ra, tendensiya globallashuv bilan izohlanadi. Ushbu ism turli millat va madaniyat egalari tomonidan juda oson talaffuz etilishi ham uning mashhurligiga sabab bo’lishi mumkin.
Anna
Bu ism deyarli barcha tillarda va madaniyatlarda uchraydi. U deyarli o’z shaklini o’zgartirmaydi – faqat ozgina yangi elementlarni oladi, lekin har doim taniqli bo’lib qolgan (Enn, Xanna,Asya, Neta). An’anaviy hisob-kitoblarga ko’ra, dunyoda bu ism bilan ataladigan 100 milliondan ziyod ayol va qiz yashaydi.
Muhammad
Bu musulmon insonlar orasida uchraydigan eng mashhur ismdir. Bugungi kunda Daniya, Angliya, Gollandiya va Belgiyada yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ko’pchiligiga ushbu ism berilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraydigan bo’lsak dunyo bo’ylab taxminan 150 million kishi ushbu ism bilan atalgan.
Emma
Evropaning yirik davlatlarida va umuman ingliz tilida so’zlashadigan hududlarda eng mashhur ismlardan biri Emma sanaladi. Bu ismning biroz o’zgartirilgan variantlari bor: bu Amaliya, Emiliya, va Irma ismlaridir.
Aleksandr
Yunoncha «himoyachi» so’zidan kelib chiqqan holda, Aleksandr ismi juda keng tarqalgan ismlardan biridir. Ushbu ismning ayol versiyasi ham (Aleksandra) mashhurlikda erkaklarnikidan qolishmaydi.
Jek
Jek ismi qadimgi ingliz “Jankin” ismining “davomchisi” desak adashmaymiz. Fransuzlar orasida ham yaqin o’rtada Jekka o’xshash “Jak” ismi keng ommalashdi.
Andrey
Andreas, Andre, Andy va Antti ismlari – bularning hammasi bitta Andrey ismidan kelib chiqqan. Ushbu dadil va jasur ma’nolarini anglatuvchi nom dunyodagi eng mashhur ismlarning yuqori qatorlarini hali beri tark etmasa kerak.
loading…