KAKTUS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Kaktus yer yuzida ilk bor 30-35 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. «Kaktus» grekcha «kaktos» so’zidan olingan. Qadimiy greklar tikonli o’simliklarning barchasini shunday atashgan.

3. Kaliforniyada o’sadigan sereus kaktuslarining bo’yi 20 metrgacha yetadi. Bu yetti qavat uy bo’yiga teng. Bu kaktuslarning har bir bargida 2 tonnadan suv bo’ladi.

4. Kolumb qachonlardir Amerika qit’asida yovvoyi odamlar kaktus bilan oziqlanishiga guvoh bo’lgan ekan.

5. Dunyodagi eng novcha kaktusning bo’yi 24 metr keladi. Yoshi esa 150 yilga teng. Bu kaktus hozir ham o’sishda davom etmoqda. Uni Amerika hukumati o’z himoyasi ostiga olgan. Kim kaktusga ziyon yetkazsa, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

6. Lotin Amerikasidagi hindular shamanlari hanuz gallyutsinatsiya kaktuslaridan unumli foydalanishadi.

7. Meksika fermerlari esa o’z qoramollarini kaktus-opunsiya deb nomlangan alohida kaktus bilan boqadi. Aytishlaricha, kaktusning bu turi tarkibida boshqalariga nisbatan suv miqdori ko’p ekan.

8. Argentinada do’mbirani kaktus tanasidan yasashadi.

9. Lotin Amerikaning ayrim davlatlarida yashovchilar uyi atrofini uzun va mustahkam tikonga ega kaktuslar bilan to’sib chiqishadi. Bu ish oilasini bezorilardan himoya qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Haqiqatan bu kaktuslar orqali manaman degan jinoyatchi yo bosqinchi ham o’ta olmaydi.

10. Dunyoda jami 3 mingta kaktus turi bor. Janubiy Amerikadagi yovvoyi odamlardan iborat qabilalar vakillari uzoq vaqt kaktus tikonidan jarrohlik maqsadlarida foydalanib kelishgan. Tikonlarni igna o’rnida ishlatgan holda jarohatlarni tikib chiqishgan.

11. Janubiy Amerikada umrguzaronlik qiluvchi eshaklar kaktus tikonlarini tuyoqlari bilan avaylabgina sidirib tashlashni o’rganib olishgan. Tikonni sidirib tashlashadi-yu, ana undan keyin tinchgina yaproqlarni yeyaverishadi. Yevropadagi eshaklar esa bu san’atni o’zlashtirmagan.

12. Kaktusning aksar turlari tarkibidagi suv miqdori ko’pligi evaziga +55-60 daraja issiqda suv quymasangiz ham boshqa gullar kabi so’lib qolmaydi. Aksincha o’sishda, yayrab-yashnashda davom etadi.

Olimjon HAYIT