* * *
1945 yil. Nemis muallimi o’quvchiga dedi:
— Gans, «qochmoq» fe’lini tuslab ber!
— Men qochdim, sen qochding, siz qochdingiz…
— «Ular» — chi?
— Ular hujumga o’tdi!
* * *
— Vey, ahmoqmisan? Nega o’z darvozangga to’p kiritding?
— Gol urishga juda qulay vaziyat paydo bo’lib qoldi-da!
* * *
Futbol matchi davomida bir muxlis tinimsiz qichqiraverdi va match so’ngida yonida o’tirgan odamga xirillagan tovushda dedi:
— Ovozim yo’qolib qoldi. Nima qilay?
— Ovozingizni mening qulog’imdan qidiring!
* * *
O’yingohda futbol tomosha qilayotgan ayol eridan so’radi:
— Nega anavi odamni hamma qarg’ayapti?
— U hakamga pivodan bo’shagan shishani irg’itgandi.
— Shishasi tegmadi-ku!
— Shuning uchun ham qarg’ashyapti-da!
* * *
Chukchadan so’rashdi:
— Nega kir-chir kiyimlarda yuribsan? Yaqindagina kir yuvish mashinasi sotib olganding-ku!
— Bilasizmi, chukcha kir yuvish mashinasiga kira olmaydi. Boshi aylanib ketadi.
* * *
Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o’qib xotiniga dedi:
— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go’zal qizlari uchraydi-a?
Xotin eriga mehr bilan boqib dedi:
— Rahmat, azizim!
* * *
Er xotiniga dedi:
— Jonim, iltimos menga uchta so’z aytgin, xursandligimdan yettinchi osmonda yurganday bo’lay!
— Marhamat, arqon shkafda.
* * *
Xotin:
— Dadasi, men to’satdan o’lib qolsam, nima qilardingiz?
— Nima qilardim? Dafn etardim.
— Keyin-chi?..
— Keyinmi?.. Umid qilamanki, keyin meni oqlashadi.
* * *
Xotin:
— Dadasi, baliqlar dunyodagi eng noshud, ahmoq jonzot emish. Shu rostmi?
— Rost, o’zimning baliqcham, rost!
* * *
Ofitsiantka erkak mijozdan so’radi:
— Nega kennoyim manavi ichimliklardan ichmayapti?
— U mening qonimni ichadi, singlim.