FRANSUZLAR ERTA TONGDA QIChQIRGANI UChUN XO'ROZNI SUDGA BERIShDI. ASTAG'FIRILLO!!!

 

Fransiyada Moris laqabli xo’roz va uning xo’jaykasi Korin Fessoni qo’shni kampirlar sudga berdi. Ularning aytishicha, bu xo’roz tongda kerak vaqtidan ancha erta qichqirib, hech kimga uyqu bermayotganmish. Shikoyatchilarning advokati aytdiki, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun xo’rozning xo’jaykasi arizachilarga 1000 yevro miqdorida tovon puli to’lashi lozim ekan.

Ma’lum bo’lishicha, bu kampirlar Fesso xonim bilan xo’rozining dastidan ilgari ham sudlashgan ekan. O’shanda shikoyatchi kampirlarni qo’llab-quvvatlab 155 kishi imzo qo’ygan. Bu gal esa negadir kampirlar ham, xo’roz ham sud majlisiga kelmadi. Faqat advokat tashrif buyurdi xolos. Sud shu yil 5 sentyabrda hukm e’lon qiladi. Unga qadar bir necha marta sud majlisi bo’lib o’tishi kerak. Sudya va advokat ishonishmoqdaki, keyingi jarayonda shikoyatchilar ham, aybdor xo’roz-u xo’jaykasi ham albatta ishtirok etadi.