Ertalab va kechqurun bir piyoladan qaynoqqina kakao ichib yurish orqali salomatligingizni muhofaza qilishingiz mumkin ekan. Kakaoning ko’piklarida saratonni yo’qotuvchi antioksidantlar mavjudligi aniqlandi.
Aynan mana shu moddalar qizil sharobdagidan ikki, ko’k choydagidan uch barobar ko’p ekan. Amerikalik tadqiqotchilarning izlanishlaridan shu narsa ma’lum bo’ldiki, saratonni, yurak xastaligini va talay kasalliklarni kakao boshqa dorivorlarga nisbatan yaxshiroq yo’qotadi. Uning tarkibidagi saratonni yo’qotuvchi flavonoidlar miqdori shokoladdan sira qolishmaydi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Izohlarni ko`rish