O’g’li onasiga:
— Oyi nimaga mani «chernыy» ga qo’shib qo’ydiz?
— Eee, o’g’lim sendan har hil spam kelayapti—da…
— Qanaqa spam?
— «Menga Paynet’dan 10 ming tashavoring», «Kinoga 20 ming berib turing»…
***
— Nimalarni o’ylab turibsan?
— Har bir xitoylik menga yuz so’mdan bersa yaxshi bo’lardi…
***
Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Dugonajon, kechasi «Gap»ga borishga eringdan qanday qilib ruxsat olding?
— Buni yo’li oson! Ko’pikli vanna qilib berdim-da, chiqib ketdim.
— U shunga ko’ndimi?
— Ko’pikni qurilish mollari do’konidan sotib olgandim-da!
***
Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo’jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo’ldim, – debdi.
— Qanday qilib, – hayron bo’lib so’rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg’otmabdi-yam…, – dermish qorovul.