Telegram ijtimoiy tarmog’i yaratuvchisi Pavel Durov vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida «Twitter»dagi sahifasida post qoldirdi.
“Evropada joylashgan server klasterlaridagi elektr tarmog’ining uzilishi shunday muammolarni keltirib chiqardi.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etishga harakat qilyapmiz, ammo barchasi ma’lumotlar bazasi ta’minotchisining uskunani qancha vaqtda ta’mirlashiga bog’liq bo’lib qoladi”, deya yozadi Durov.
Ayni paytda Telegram tarmog’i ishlamayotgani haqida Rossiya, Ukraina, Italiya, Germaniya, Polsha, Chehiya, Misr va yana bir qancha mamlakat aholisi shikoyat qilmoqda.
Izohlarni ko`rish