KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Puling qancha ko’p bo’lsa, qariligingni sen bilan baham ko’rish istagida kuyib-yonadigan ayollar ham shuncha ko’p bo’ladi. (Boyvachchaning hasratidan)

 

* * *

 

Erkak donodan so’radi:

— O’zimning kamchilik-nuqsonlarimni tez ilg’ab olishning yo’li bormi?

Dono javob qildi:

— Ha, bo’tam, bor. Bir marta xotiningizning kamchiligini yuziga aytib ko’ring, u shu zahoti sizning jami kamchiliklaringizga qo’shib, ota-onangiz, qarindosh-urug’, yor-do’stlaringiz, qizishib ketsa, hatto o’zga davlatlar kamchiliklarini ham aytib tashlaydi.

 

* * *

 

Erkak do’stiga hasrat qilyapti:

— Xotinim keyingi paytda juda qaysar va xudbin mushukka o’xshab qoldi.

— Nima, majburlab erkalatadimi?

— Yo’q, barga kirdim deguncha oyog’imning ostidan chiqib qolaveradi.

 

* * *

 

Erkak do’kondan yangi telefon sotib oldi. Sotuvchi unga tushuntiryapti:

— Bu telefonning nastroykasida «Xalal bermang», «Ovozsiz», «Xonada», «Majlisda», «Ko’chada» degan joylari bor. Xohlaganingizga qo’yib olishingiz mumkin.

— Ayting-chi, shu nastroykasida «Traktor zavodida» degan joyi yo’qmi?

 

* * *

 

Boshiga mix kirib qolgan erkakka travmatologiya bo’limi vrachi dedi:

— Boshingizdagi mixni sug’urib tashlashimiz uchun besh ming dollar haq to’lashingiz kerak.

— Ie, nega? Menda, axir, tekin davolanishga mo’ljallangan order bor-ku!

— Bu orderingizga boshingizdagi mixning tashqarida qolgan qismini bukib qo’yishimiz mumkin xolos.

 

* * *

 

Misr. Darvish uyi ro’parasida bor kuchi bilan gilamning changini qoqayotgandi. Arman millatiga mansub sayyoh o’tib ketayotib undan so’radi:

— Ha, ara, motor o’t olmayaptimi?

 

* * *

 

Erkak do’stiga dedi:

— Bas, yetar, xotinim bilan ajrashaman!

— Nega?

— Olti oydan beri men bilan gaplashmaydi yaramas.

— Ie, og’ayni, yana bir o’ylab ko’r! Omading kepti-ku!.. Bunaqa xotinni hozir kunduzi chiroq yoqib ham topolmaysan!

 

* * *

 

Evrey xotiniga dedi:

— Xotin, bugun kechqurun Rabinovich xotini bilan biznikiga mehmonga keladi. Shuning uchun kumush qoshiqlarni berkitib tashla!

— O’g’irlab ketishlari mumkinmi?

— Yo’q, tanib qolishlari mumkin.

 

* * *

 

Besh yashar bolakay tramvayda ketayotib onasidan so’radi:

— Oyi, tramvay haydovchisining ham bolalari bormi?

— Ha… Bo’lsa kerak…

— Nega unda dadamning tramvayi yo’q.

 

* * *

 

Jajji qizaloq onasidan so’radi:

— Oyijon, dadamning ota-onasi bormi?

— Albatta bor. Dadang ota-onasining yolg’iz farzandi.

— Nega unda yolg’iz farzandni bizga berishgan?

Olimjon HAYIT tayyorladi