1. Quruqlikdagi toshbaqa juda chayir va chidamlidir. U yillab och-nahor yashay oladi.
2. Kubada 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga sut tekinga beriladi. Bolasi yo’qlar esa sutni bozordan sotib olishi kerak bo’ladi.
3. Janubiy Koreyada muallimni faqat prezidentgina ishdan bo’shata oladi. Muallimlik mamlakat miqyosida juda obro’li hamda eng ko’p maosh to’lanadigan kasbdir.
4. Odamning miyasi yillar o’tgani sayin yengillasha boradi.
5. Inson organizmi kuniga 1 litrdan so’lak ishlab chiqaradi.
6. Odam qoni bir kunda 19 ming 312 kilometr yo’l bosadi.
7. Shveysariyada to’rtta davlat tili mavjud. Bu mamlakatning poytaxti yo’q. Millatchilik nimaligini shveysariyaliklar umuman bilishmaydi.
8. Immunitet bilan uyqu bir-biriga chambarchas bog’liq. Shu sababli odam uyquga to’ymasa, immuniteti jiddiy xavf ostida qoladi.
9. Yozda dunyo bo’yicha hisoblasak, har 3 soniyada muzqaymoq sotib olinadi. Amerikada iyulning har uchinchi yakshanbasi muzqaymoq kuni deb e’lon qilinadi. Bir yilda har bir amerikalik taxminan 20 kilo muzqaymoq iste’mol qiladi.
10. “Banan” arabcha so’z bo’lib, tarjima qilinganda, “Barmoqlar” ma’nosini beradi.
treeland.ru
Olimjon HAYIT tayyorladi