1. Bolgariyada tibbiyot xodimlari yetarli darajada mo’may daromad ko’rishlariga qaramay, bemor ko’rikdan o’tishda mamlakat qonuniga ko’ra eng kam ish haqining 1 foizi miqdorida haq to’lashi kerak.
2. Belgiyada majburiy, kimlarningdir tazyiqi ostida nikohdan o’tish taqiqlangan. Kim bu taqiqlovga qarshi borsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
3. Rio-de-Janeyro tarjima qilinganda, “Yanvar daryosi” ma’nosini beradi.
4. Braziliyada dunyodagi eng oliy navli kofe ishlab chiqariladi. Ammo braziliyaliklarning o’zi kakao ichishni xush ko’rishadi. Bu ham somsafurush somsa yemagandek gap-da.
5. Avstraliyada “Parvozdagi do’xtir” deb nomlangan tibbiy yordam turi mavjud. Bu xizmat odatiy “Tez yordam”ga nisbatan bir necha o’n karra tezroq amalga oshiriladi. Ajablanarlisi, xizmat ko’rsatish yuz foiz tekin.
6. Budapeshtda dunyoning eng uzun tramvayi harakatlanadi. Tramvayning uzunligi 53,9 metrga teng.
7. Vyetnamda Takraw (Takrav) deb nom olgan milliy sport turi. Bu oyoq bilan volleybol o’ynash degani. Vyetnamda bu sport turi bo’yicha mamlakat miqyosida chempionatlar tashkil etiladi.
8. Germaniyada bir umr ishlamasdan, ijtimoiy nafaqa evaziga kun ko’rish mumkin. Lekin bu usulni tanlaganlar juda qashshoqlikda hayot kechirishadi.
9. Misr aholisining bir qismi “Bediun”lardan iborat. Tarjima qilinganda, “Sahro odamlari” ma’nosini beradi. Har bir bediun badavlat. Lekin negadir qashshoqlarcha hayot kechiradi. Sahroga kelgan tadbirkor yoki milliarder yangi bino, do’kon, fabrika va hokazolarni qurish niyati bo’lsa, bo’sh maydonni avval bediunlardan naqd pulga sotib olishi kerak. Keyin yana davlatdan ham o’sha maydonni belgilangan narxda sotib oladi.
10. Indoneziyada benzin juda-juda arzon. Bir litr benzin bu mamlakatda atigi 46 sent turadi.
nicetrip.kz/ru
Olimjon HAYIT tayyorladi