Kun kulgisi

O’g’il otasidan so’rayapti:
— Dada, qadimda erkaklar turmush o’rtog’ini to’ydan keyingina tanishgan ekan-a?
— Hozir ham shunday, to’ydan keyin kimligini bilasan ularning…

***

O’qituvchi bolalardan birma-bir oilaviy ahvoli to’g’risida so’ray boshlabdi.
— Qani sen, tur-chi! Dadang nima ish qiladi?
— Dadam soliqda ishlaydi.
— Oilaviy ahvolingiz qanaqa?
— Hammasi zo’r!
Ikkinchi bolani turgizib so’radi:
— Sening-chi, dadang nima ish qiladi?
— Hokimiyatda ishlaydi.
— Sharoitinglar qanaqa?
— O-o, klass!!!
Bir bola parta ostiga kirib ketay deb o’tirganmish. O’qituvchi uni ko’rib:
— Sen nega berkinyapsan? Tur-chi!? Dadang nima ish qiladi?
— Dadam tadbirkor.
— Oilaviy sharoitlaringiz qanaqa?
— Anavi ikkalasini dadasi bo’lmagandi, biz ham zo’r yashardik.

***

Nimaga kuyovlarga 40 kilogramlik qopni ko’tarishda muammo bo’ladi-yu, 50 kilogramlik kelinni ko’tarish muammo emas?!

***

Bir kuni afandini urushga olib ketishibdi.
Borgan kunining ertasidan boshlab uch kun urush bo’libdi va urush tugabdi.
Oradan yillar o’tib afandini nevarasi so’rabdi:
— Buvajon, urush qanday bo’lgan?
— E, birinchi kuni biz nemislarni rosa quvladik. Ikkinchi kuni nemislar bizni quvladi. Uchinchi kuni esa o’rmon qorovuli kelib hammani quvdi… – javob beribdi afandi.