JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Sharqiy Afrikadagi Seyshel orollarida bolalarni himoya qilish kunini bayram qilishmaydi. Ular bolalarni himoya qilish oyligi o’tkazishadi, ya’ni, bu bayramni bir oy davomida to’xtovsiz nishonlashadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. O’rta asrlarda Angliyada bir qonun mavjud edi. Agar shahzoda biror ayb ish qilib qo’ysa, jazoni boshqa bolalar olardi. Buning uchun saroyda alohida jazolanishga, kaltak yeyishga mahkum bolalar saqlanardi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Yaponiyada «Yig’layotgan bola» bayrami mavjud. Bayramning ma’nisi shuki, bir necha sumo ustalariga yoshiga to’lmagan bolalar beriladi. Sumochi g’olib bo’lish uchun qo’lidagi bolani urmasdan, so’kmasdan yig’lashga majbur etishi kerak. Kimning qo’lidagi bola birinchi bo’lib yig’lasa, o’sha sumochi g’olib hisoblanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Janubiy Koreyada tug’ilgan bolaning yoshi tug’ilgan yil, kun, oydan boshlab emas, balki onasining homilador bo’lib qolgan kunidan boshlab hisoblanadi. Shuning uchun koreyalik bolalar boshqa mamlakatlarda yashovchi tengqurlaridan 9 oylik katta.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. Dunyodagi eng serfarzand hukmdor sifatida Marokash sultoni Ismoilning nomi tarixda qolgan. Uning jami bolalari soni 900 nafarga teng.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Chumoli o’zi topgan yemishni yeyishga haqli emas. Oldin yemishni chumolilarning umumiy iniga olib kelishi kerak. Ana undan keyin yemish barchaga baravar taqsimlanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. Agar chumoli dangasalikka yo’l qo’ysa, ishlamasa, uni indan haydab solishadi. Ajablanarlisi, chumolilar saltanatining malikasi o’zidan keragicha ko’p avlod qoldira olmasa, uni ham indan haydab solishadi va chumolilar o’ziga yangi malika saylaydi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Avstriya hamda Angliyada yo’lingizdan qora mushuk o’tib ketsa, bu omad belgisi hisoblanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Dunyoda shunday o’rgimchak turi borki, u dunyoga kelgandanoq onasini yeb bitiradi. Ona o’rgimchak qadimiy urfga ko’ra o’z jonini farzandlari kelajagi uchun qurbon qilishi shart deb qo’yilgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. Xitoyda qog’oz pulga nikohdan o’tish, oila qurish kabilarga oid e’lonlar yozib qo’yish an’anaga aylangan. Sababi, pul qisqa fursatda o’nlab, yuzlab qo’llarga o’tib ulguradi. Shuning natijasida e’lon bergan yigit yoki qiz o’z baxtini tezroq topadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

facts-world. ru

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit