1. Toshbaqa juda sekin ulg’ayadi, ammo uzoq yashaydi. Eng uzoq yashagan toshbaqa sifatida marion erkak toshbaqasi e’tirof etiladi. U jami 152 yil umr ko’rgan.
2. Itlar orasida eng og’ir vaznli it bu senbernardir. Bu itning 5 yoshli vakili 140, 6 kilo vaznga ega ekani aniqlangan.
3. Dunyodagi eng keksa atirgul Germaniyadagi Xildesxaym ibodatxonasi yonida joylashgan. Uning yoshi 1000 da va tanasi ibodatxona tomidan ham yuqorilab ulgurgan.
4. Begemotning teri bu jonivor uchun quyosh nuridan saqlovchi krem vazifasini o’taydi.
5. Eng qimmat qulupnayni Amerikaning Yangi Orlean shtatidagi «Arnaud’s» restoranida tatib ko’rish mumkin. Qulupnay krem, yalpiz bargchalari hamda 5 karatli pushti brilliant bilan bezalgan holda dasturxonga tortiladi.
6. Dunyodagi eng yirik marvarid Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. U Filippinda bo’lib, «Olloh marvaridi» deb nomlangan. Marvarid 6, 35 gramm vaznga ega, 32 karatli, diametri 238 millimetrni tashkil etadi.
7. Panamadagi San Blas qabilasining hind qizlari orasida burun kattaligi sohibjamollik hisoblanadi. Erkaklari uchun esa burun kattaligi yetakchilikdan darak beradi.
8. Isroilda uy hayvonlariga egalari qanday munosabatda ekanliklari alohida kuzatuv ostiga olingan. Hatto, ko’zi ojiz fuqaro uy jonivoriga nisbatan qo’pol munosabatda ekani kuzatilsa, jonivorni tortib olishadi va egasini jarimaga tortishadi.
9. 19- asrda Hindistondagi aloqachilar (pochtachi) o’zlari bilan uzun xoda olib yurishgan. Xodaning uchiga temir idishmi, buyummi mahkamlangan. Bu ishni ular ilon yo yovvoyi hayvonlardan himoyalanish niyatida amalga oshirishgan. Xodaning temir bilan qo’shib hisoblaganda, sof vazni 35 kiloga teng bo’lgan. Aloqachi esa ikki kunda jami 160 kilometr masofani yugurgan holda bosib o’tishi zarur bo’lgan.
10. Taylandda hanuz ovqatni sanchqi bilan yeyish madaniyatsizlik hisoblanadi. Sanchqidan faqat ovqatni u idishdan bu idishga solishdagina foydalanish mumkin.
factopedia. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit