KUN KULGISI…

 

* * *

Arman radiosining erkaklarga foydali maslahatlari:

— Agar birovning holatiga tushmoqchi bo’lsangiz, o’z holatingizdan chiqqachgina bunga erisha olasiz.

— Agar bir o’q bilan ikki quyonni urgan bo’lsangiz, ikkovi uchun ham alohida-alohida javob berasiz.

— Agar cho’ntagingizda birovning qo’li borligini payqasangiz, militsiya chaqirishdan avval o’ylab ko’ring: shim o’zingiznikimikan?

— It agar hid olishni istamagan bo’lsa, biling, o’sha hidning nimasidir unga yoqmagan.

* * *

Ayollar xuddi bolalarga o’xshashadi. Nima desang, «Yo’q» deb javob qilishni xush ko’rishadi.

Erkaklar ham bolaga o’xshashadi. Shu javobni jiddiy qabul qilishadi.

* * *

Rahbar safardan qaytgach, kotiba unga dedi:

— Ikkita yangilik bor. Biri yaxshi, biri yomon.

— Yomonidan boshlayqol!

— Soliqchilar bizning hisob raqamimizni muzlatib qo’yishibdi. Siz tuzgan so’nggi shartnoma ish bermaydigan bo’lib turibdi. Xotiningiz sizga xiyonat qildi. Bezorilar kvartirangizni o’marib ketishibdi.

— Bo’pti, endi yaxshisini ayt-chi!

— Biz yaqinda farzandli bo’lamiz, jonim!

* * *

Maktabda bir yillik baholar qo’yilgan tabellarni o’quvchilarga tarqatishdi. Eshmat uyga kelib tabelni otasiga ko’rsatarkan, boshini eggan ko’yi dedi:

— Dada, asosiysi biz bolalaringiz sog’-salomat bo’lishimiz kerak. To’g’rimi?

* * *

O’quvchi partadoshiga dedi:

— Qara, anavi yangi kelgan qiz menga qarab kulib qo’ydi.

— E, seni birinchi ko’rganimda menam kulaverib sal bo’lmasa o’lib qolayozganman.

* * *

Chumoli xotiniga dedi:

— Onasi, men fil bilan qarta o’ynashga boraman. Yutqazganning miyasiga mushtlashga kelishganmiz. Nima deb o’ylaysan? So’zida turarmikan?

— Bilmadim. Uning o’rnida men bo’lsam, so’zimda turmasdim.

— Nega?

— Chunki, sizning mushtingiz o’lguday og’ir.

* * *

Ayol dugonasidan so’radi:

— Eringning ahvoli qalay?

— E, ertalabdan kechgacha vannaxonaga kirib baliq ovlaydi. Nima qilishniyam bilmay qoldim.

— Voy, psixiatr chaqir!

— To’g’ri, chaqirsam bo’ladi. Ammo shunday baliq yegim kelayaptiki…

* * *

Psixiatr jinniga dedi:

— Siz sog’aydingiz. Bilingki, endi siz «pista» emassiz. Bemalol uyga ketaverishingiz mumkin.

Jinni chiqib ketib birozdan so’ng qaytib keldi va vajohat bilan qichqirdi:

— Qarang, tovuq ortimdan quvlayapti!

— Pista emasligingizni bilasiz-ku! Ketavermaysizmi endi!?

— Men-ku, bilaman, lekin tovuq bilmaydi-da!

* * *

— Siz ellik ming so’m miqdorida jarimaga tortildingiz. O’ylaymanki, bundan keyin telefon-avtomatlar ichidagi pullarni o’g’irlamaydigan bo’lasiz.

— Tushundim, o’rtoq sudya. Kechirasiz… Ayting-chi, jarimani o’n so’mlik tanga bilan ham to’lasam bo’ladimi?

* * *

Talabalar yotoqxonada o’tirib televizor orqali ob-havo ma’lumotini tinglashardi. Boshlovchi ertaga shamol Shimoli-Sharq tarafdan esishini aytgach, ko’zlariga yosh olib shunday deyishdi:

— Obbo, yana leksiyaga bora olmas ekanmiz-da!..

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit