1. Qadimda rimliklar tish tozalashda tish pastasi o’rnida sichqonlarning maydalangan miyasidan foydalangan.
2. Dunyodagi chiroyli idishlarga quyilgan mineral suvning teng yarmi, ya’ni, 50 foizi aslida filtrlangan oddiy kran suvi hisoblanadi.
3. 19 asrda Yevropada balog’at yoshiga yetgan farzand, qarindoshni tabriklab, yaqinlari sovg’a sifatida o’z hisobidan yo tishini oldirgan, yo yangi tish qo’ydirib bergan.4. Agar sher yangi sherlar to’dasiga yetakchi bo’lib tayinlansa, oldin ilgarigi yetakchining barcha bolalarini o’ldiradi.
5. Qadimda odam tanasidan ajralib chiqadigan ter atirlarga qo’shilgan. Bundan tashqari, terdan jodugarlar issiq-sovuq, jodu maqsadlarida unumli foydalangan.
6. Har besh yilda ayol ishlatgan lab bo’yog’ini yig’ilsa, o’zining bo’yi bilan barobar idish zarur bo’ladi.
7. Dunyoda yaratilgan ilk kompyuterning sof vazni 30 tonnaga teng bo’lib, uni 1941 yili Xorvard universiteti matematigi Govard Eykson Charlz Bebbij g’oyasi asosida, to’rt nafar yordamchisi bilan birga yaratgan. Kompyuterning o’sha paytdagi bahosi 500 ming dollarga teng bo’lgan. U po’lat hamda shishadan yasalgan korpusga joylangan. Korpusning uzunligi 17 metr, bo’yi 2, 5 metrni tashkil etgan.
8. Kivi degan qush dunyodagi yagona qanotsiz parranda hisoblanadi. Uning dumi ham yo’q. Ammo yugurishda Kiviga uncha-muncha qush tenglasha olmaydi.
9. Odam hayajondanmi, uyatdanmi qizarganda, oshqozoni ham qizarib ketadi.
10. Odam organizmida yashovchi jami bakteriyalarning sof vazni 2 kilogrammga teng.
adme. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit