O’qituvchi to’polonchi o’quvchining tanobini tortib qo’yish uchun unga savol beribdi:
— Qani, menga osmonda nechta yulduz borligini aytib ber-chi.
— Yuz mingta yulduz bor, – ikkilanmay javob beribdi o’quvchi.
— Yaxshi. Kechqurun sanab tekshirib ko’raman.
Ertasi kuni o’qituvchi yana o’sha o’quvchini savolga tutibdi:
— Javobing noto’g’ri ekan. Osmonda 9997 ta yulduz chiqdi.
O’quvchi chapak chalib yuboribdi:
— Aytgandim-ku, yuz ming yulduz bor deb. Kecha tunda uchta yuldzuz uchganini qo’shsangiz javob to’g’ri bo’ladi.
***
— Bir daqiqa kulgu umrni besh daqiqaga uzaytirishi rostmi?
— Bu kimni ustidan kulishingga bog’liq…! Boshqa umuman kulmasliging ham mumkin…
***
— Botir, sen ingliz tilini bilasanmi?
— Ha, bilaman.
— Bo’lmasa, aytchi “nothing” so’zi nimani anglatadi?
— «Hech nima».
— Bo’lishi mumkin emas! U nimanidir anglatishi kerak!
***
Dunyoda men bilgan 7 ta ajoyib kasb bor:
1. Futbolchi – o’zi tepib o’zi quvlaydi.
2. Tikuvchi – o’z qirqib o’zi yamaydi.
3. O’qituvchi – o’zi bilganini o’quvchidan so’raydi.
4. Sartarosh – o’zi barchani sochini oladi-yu, o’zini sochini birovga oldiradi.
5. Avtobus haydovchisi – barchani manziliga olib borib qo’yib, o’zi piyoda boradi.
6. Arxiolog – o’zi yo’qotmagan narsani izlaydi.