1. Odam tug’ilgandayoq miyasida jami 14 mld dona to’qimalar mavjud bo’ladi va to o’lguncha ham bu miqdor ko’paymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin miyadagi to’qimalar kuniga 100 mingtadan kamayib boradi. Masalan, kitobning bir sahifasini bir daqiqada o’qib chiqdik deb hisoblasak, shu muddat ichida biz miyadagi 70 ta to’qimadan ayrilarkanmiz. 50 yoshdan so’ng asab tolalari qurish pallasiga kirib, miya hajmi kichraya boshlaydi.
2. Bola tug’ilganda, tanasida 300 taga yaqin suyak bo’ladi. Yoshi ulg’aygach, ular soni 206 taga tushib qoladi.
3. Odamning ingichka ichagi hayotligida 2,5 metr uzunlikka ega bo’ladi. Olamdan o’tgach, mushak devorlari bo’shashishi natijasida ingichka ichakning uzunligi 6 metrgacha yetadi.
4. O’rta yashar odam bir kunda 23 ming marta nafas olib, nafas chiqaradi.
5. Inson yuragi shunchalar kuchli bosimga egaki, u tomirlardagi qonni ko’p qavatli uyning to’rtinchi qavatigacha irg’itish quvvatiga ega.
6. Agar odamni qorong’i, havo kirmas xonaga qamab qo’yishsa, kislorod yetmasligidan emas, balki dioksid ugleroddan zaharlanish oqibatida o’lim topadi..
7. Odam suyaklari po’latga nisbatan 5 barobar mustahkamroq.
8. Inson miyasi axborot saqlaydigan “ombor” hajmi 4 terabaytga teng.
9. Agar odam organizmidagi jami temir moddasini bir joyga yig’ilsa, atigi soatning mittigina vintchasini yasashgagina yetadi.
10. Organizmimizdagi kalsiyning 99 foizi tishlarimizda joylashgan.
adme.ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit