1. Fransuz tili 600 yil davomida Angliya rasmiy tili bo’lgan. Hatto, Angliya ramziga bitilgan «Xudo va mening huquqim» shiori ham fransuz tilida edi.
2. O’tgan asrning 60- yillarida Amerika markaziy razvedka boshqarmasi vakillari Rossiya elchixonasi vakillarining o’zaro suhbatlarini mushuklar ko’magida bekitiqcha tinglagan. Buning uchun «Acoustic Kitty» deb nomlangan dastur yaratishgan. Dastur o’zida mikrofon, antenna va batareykani mujassam etib, mushukning terisi ostiga joylashtirilgan.
3. Tasodif tufayli so’qirga aylanganlar uyqu orasida qandaydir rangli manzaralarni tush ko’rishlari mumkin. Ammo tug’ma so’qirlar tushda hech qanday kartinani ko’rmaydi. Faqat ovozli, emotsiyaga boy tushlarnigina ko’rishadi.
4. Odam uxlaganda, organizmi quvvat saqlash rejimiga o’tadi. Tana harorati 1 darajaga pastlaydi. Xuddi shu jarayon odamga tiniqib uxlashda katta yordam beradi.
5. Erkaklar aksar holatlarda begona erkaklar bilan bog’liq tushlarni ko’rishadi. Ayollar tushida esa ayollar va erkaklar soni 50 ga 50 ni tashkil etadi. Erkaklar tushida o’zini ayollarga nisbatan agressivroq tutishadi.
6. Odamning jami qonini ichib tugatish uchun 120 000 ta pashsha zarur bo’ladi.
7. Kapalaklar yemish mazasini oyoqchalari yordamida tatib ko’radi.
8. Suvarak to ochdan o’lmaguncha boshsiz yashay oladi.
9. Yoshi ulug’ bitlar yemishsiz 1 yil yashay oladi.
10. Ninachi har qanaqasiga — oldinga ham, yonga ham, orqaga ham parvoz qila oladi. Ular dunyoda eng tez uchuvchi qumursqalar bo’lib, soatiga 100 kilometr tezlikda parvoz qilishadi.
kadr. onlayn
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit