Tadqiqotga ko’ra, itlar aksariyat hollarda o’z egalarini emas, balki begonalarni va tushkun kayfiyatda yurgan insonlarni tishlaydi. Olimlar, shuningdek, agressiv reaksiya «jabrlanuvchi»ning yoshiga qarab ham o’sib borayotganini ta’kidlashdi.
Tadqiqotda qatnashgan 694 ta ishtirokchidan kamida 172 kishi it hujumiga uchragan. Shuningdek, erkaklar 1,8 marta, bir necha itlari bor kishilar esa umuman uy hayvoni yo’q insonlarga nisbatan 3,3 marta ko’proq itlarning tashlanish holatiga duch kelishadi.
manba: xabar.uz
Izohlarni ko`rish