Aytdim-ku, juhudda o'pkayam, yurak ham yo'q deb!..

 

Universitetda o’qigan kezlarim Juhutonda Rushel degan juhudning uyida yashadim. Samarqandning Registonidan sharq tomondagi mahalla Juhuton deyilardi, asosiy ko’chasining nomi Buxoro (Buxarskaya) edi. Buxoro yahudiylari yashagani uchun shunday nomlangan.
Aslida, Samarqandda yahudiylarning manzil-makoni bo’lmagan. 1956 yilda viloyat ijroqo’mida kattakon bo’lib qolgan bir yahudiyning ko’rsatmasi bilan Imom Moturudiydek zot ko’milgan, atrofida Muhammad ismli olimlarning o’zidan 400 nafari ko’milgan, xususan, mashhur «Hidoya» asari muallifi Burhoniddin Marg’iloniy dafn etilgan 40 gektarlik Chokardiza qabristoni buldozerlar bilan tekislanib, 2/3 qismi yahudiylarga, 1/3 qismi lo’lilarga hovli-joy uchun berilgan. Zero, musulmon odam bu azizlarning ustiga hojatxona, hammom qilib yashay olmasdi. Imom Moturudiyning qabri ustida ham shu ishlar qilindi.
Yahudiylarga Isroil yo AQShga chiqib ketishga izn berilgach, musulmonlarning qabristonini musulmonlarga pullab ketishdi va bugun azizlarning ustida musulmonlar o’tiribdi!
Lo’lilarga tekkan qismida haligacha lo’lilar o’tiribdi.
Juhutonda o’tgan kunlarim qiziq bir voqea tufayli yodimga tushdi.
Ehhe, besh yilda juhudlarning to’yini ham ko’rdim, janozasini ham. Rushel amakining o’g’illari uylandi, qizlari turmushga chiqdi, barini ko’rdik. To’ylarida Abram Tolmasovlar, Muhabbat Shamayevalar qo’shiq aytishdi. Rushel amakini ham o’zimiz qabrga qo’ydik, xolani ham.
Juhudlarning darvozalari past-past bo’lardi. Sababi ular ko’chaga chiqqanda musulmonlarga ta’zim qilib chiqishlari shart bo’lgan ekan qadimda. Qadim ham, uning qonunlari ham o’tib ketgan bo’lsa-da, juhudlar darvozasini baland qilmasdilar.
Juhud borki, davlatga ishlamasdi, ular suv, pivo sotar, sartaroshlik, suratkashlik, etikdo’zlik kabi mayda ishlarni qilishardi. Albatta, o’qigan vrachlari, universitetda dars bergan professorlari ham bor edi, ammo barmoq bilan sanarli.
Juhudlar juda qo’rqoq bo’lishardi. Qattiqroq ovozdan ham qo’rqishar, g’ujanak bo’lib olishardi. Ularning birov bilan urishganini, talashganini ko’rmasdik. Juhud hech qachon o’z haqini ham talab qilmasdi. Boshi bir tomonga egilib turardi hammasining.
Bir kuni darsdan kech qaytdim. Qorong’ida Juhuton oralab ijara uyimizga borar ekanman, Mulloqandov ko’chasi muyulishida ikkita juhud yigit yo’limni to’sdi!
E’tibor bering, tarixda birinchi marta juhud yigitlar bezorilik qilib, yo’limni to’sdi.
– Pulingni chiqar! – dedi birinchisi.
– Joningdan umiding bo’lsa, tez chiqar! – dedi ikkinchisi.
Kurash bo’yicha respublika chempioni bo’lgan, kechalari o’sha zamonda shug’ullanish taqiqlangan «sola-sol» sporti bilan ham shug’ullanib yurgan kezlarim edi. Kulgim qistadi.
– Bu gaplarni qaerdan o’rgandilaring? – dedim kulib. – Kino ko’rdilaringmi?
– Gapni ko’paytirma, o’zbak, pulni chiqar! – deb biri cho’ntagimga qo’l uzatdi.
Ikkalasini ham cho’zib qo’yishim aniq edi, ammo oldin bir bularning yuragini sinab ko’ray, dedim va ikkala yuzimga qattiq shapaloq tushirib, baqirdim:
– Voy, enajo-o-on!
Shapaloq tushganda yumilgan ko’zlarimni ochsam, ikkalasi ham ellik qadam narida qochib borayapti.
– Agar davida nashavem, memirem, (Qochmasak o’lamiz!) – derdi biri.
– Gurezem, aknun murdaem! (Qochdik, endi o’ldik!) – derdi ikkinchisi.
Ijara uyimgacha kulib bordim. Aytib bersam, hamxonalarim ham rosa kulishdi. Rushel amaki ozroq xafa bo’lgandi:
– Bizni bachalarde bundoqcha qo’rqitmang-da, Karimboy, ularning yuragini yoribsiz…
Esimga tushgan narsani qarang-da!
Falastinda bo’layotgan voqealarga aloqasi yo’q…

Karimberdi To’ramurod

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiHammasi ulkan falokat tomonga ketmoqda!KeyingiPrezident Si Szinpinga hamdardlik yo’lladi Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Aytdim-ku, juhudda o'pkayam, yurak ham yo'q deb!.. Bu qiziq Istanbul Modern muzeyi tashkil topgan kundan beri 9 million sayyohni qabul qildi Aytdim-ku, juhudda o'pkayam, yurak ham yo'q deb!.. Bu qiziq Kartoshka sabzavotlar qatoridan chiqishi mumkin Aytdim-ku, juhudda o'pkayam, yurak ham yo'q deb!.. Bu qiziq Turkiyaning Egey dengizi sohillaridagi yashil voha bo’lmish Shirinje, 2023 yilning “Dunyodagi eng yaxshi sayyohlik qishloqlari” ro’yxatiga kiritildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz Aytdim-ku, juhudda o'pkayam, yurak ham yo'q deb!.. Xorijda Qozog’istonda 13 yoshli o’quvchi parta burchagiga urilib, vafot etdi Behruz Hayitov — 14.12.2023, 19:08 0