Islom Hamkorlik Tashkiloti Daniya poytaxti Kopengagenda Qur’onning tahqirlanishini keskin qoraladi.
“Biz bir kun avval Daniyada Qur’oni Karimning omma oldida tahqirlanishini keskin qoralaymiz”, — deyiladi IHT Jenevadagi ofisi Twitter’dagi bayonotida.
Tashkilotning qayd etishicha, islomofob harakatlarga sherik bo’lish va o’zini ifoda etish huquqini ta’minlash bahonasida harakasizlik bunday provokatsiyalar tashkilotchilarining jazosiz qolishiga xizmat qilmoqda.
IHT Daniya hukumatini xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
Tashkilot, shuningdek, Daniya rasmiylariga BMT Inson huquqlari kengashining diniy adovatga qarshi kurash bo’yicha rezolyutsiyasini amalga oshirish zarurligini eslatdi.
Izohlarni ko`rish