Facebook orqali bo’lishish

Twitter orqali bo’lishish

Insoniyat barmoqlaridan ayriladimi?

Monoetniklik

Multimadaniyatlilik — zamonaviy jamiyatning mazmuni. Shuning uchun ajablanarli emaski, odamlar bir etnik guruhga birlashadi, agar madaniyatlar aralashishi davom etsa, ya’ni ular sekinlik bilan o’z etnik guruhining farqli tomonlarini yo’qota boshlaydi va «irq» degan so’z shunchaki eskiradi va yo’qolib qoladi.

Immun tizimi kuchsizlanishi

Odamlar ko’proq va ko’proq dori-darmonlarga bog’lanib qolishlari sababli   immun tizimining kuchsizlanishini kuzatishimiz mumkin. Boshqa so’z bilan ayt­ganda, agar tirik qolish uchun tashqaridan kirib kelgan yordam qutqarsa, ichkaridagi funksiyalar eskirishni boshlaydi. Agar barcha patogen mirkoorganizmlar dorilar yordamida yo’q qilinsa, organizmimizga kuchli immun tizimi nega kerak?

Mushaklar atrofiyasi

Insoniyat irqining fizik jihatdan sekinlik bilan kuchsizlanishining ikkita oldindan aytib bo’ladigan sababi mavjud. Birinchidan, texnologiyaga bo’lgan qaramligimizning o’sib borishi. Har bir avlod qanchalik kam harakatlansa, butun turning shunchalik ko’p kuchsizlanish ehtimoli bo’ladi. Mushaklar atrofiyasining ikkinchi sababi — ancha fantastikroq, lekin agar biz biroz vaqt o’tib, kosmosga ko’chib borsak, amal qiladi, chunki u yerda har kunlik faoliyat uchun harakatlanishning keragi ancha kamroq.

Bo’yning o’sishi

Odamzotning bo’yi tezlik bilan o’smoqda: oxirgi 150-200 yil ichida biz 10 smga o’sdik. Bunday o’sishning sababi ovqatlanishning yaxshilanishi bo’lsa kerak. Bizdagi ovqat miqdori bitmas-tuganmas bo’laversa, balandga intilaveramiz. Osmon bizning chegaramiz bo’ladimi yoki biz daraxtlar bilan bo’ylashib to’xtab qolamizmi, buni vaqt ko’rsatadi.

Sochlarning to’kilishi

Odamlar allaqachon o’z badanlaridagi soch qobiqlarining bir qismini yo’qotishgan, balki, keyinchalik ham yo’qotaverishadi. Ayollarga erkaklardan ko’ra bu fikr ko’proq xush kelsa kerak, ammo aytishlaricha, kallik — bu juda jozibali.

Miyaning qayta tuzilishi

Texnologiyalar allaqachon bizning xotiramiz faoliyatiga ta’sir qilib bo’lgan. Odam miyasi, odatda, ma’lumotning o’zini emas, uning qaerda joylashishini eslab qoladi. Ya’ni kitobni qaerga qo’yganingizni eslab qolish, uning ichki mazmunini eslab qolishdan osonroq. Internet davrida bu, ayniqsa, ma’lumdir. Necha martalab siz bir narsani eslab qolishga harakat qilgansiz va buning o’rniga shunchaki javobni qidirgansiz? »Google» va «Vikepediya» hammasini biladi! Texnologiyalar takomillashishi natijasida bizning miyamiz barchasiga moslashaveradi, balki, xotiramizga zarar tegadi ham.

Ancha kichik tishlar

Eng oydin o’zgarishlardan biri aql tishlarining yo’qolishi bo’lsa kerak, chunki ularning deyarli keragi yo’q. Buni qarangki, ba’zi etnik guruhlarda esa ular allaqachon yo’qolgan. Bundan tashqari, biz xuddi shu kabi tishlarimiz kichrayishini kutishimiz mumkin. Oxirgi 100 yil ichida ular ikki martaga kichraydi. Shuning uchun ushbu tendensiya kelajakda ham saqlanib qoladi.

O±q barmoqlarning kichrayishi

Qadimgi odamlar oyoq barmoqlarini tirik qolish uchun ishlatganlar. Biz daraxtlarga tirmashmasligimiz sababli, barmoqlarimiz sekinlik bilan hozirgi hajmgacha kichraygan — hozir biz ular bilan hatto kichik daraxt shoxini ushlab qolishimiz amri mahol. Bundan tashqari, asta-sekin evolyutsiya bizni kichik barmoqdan butunlay ozod qilmoqda, chunki odamlar ularsiz ham yashay olishadi — yurish va muvozanatni saqlash uchun katta barmoqlarning mavjudligi yetarli.

O’z-o’zini takomillashtirish

Odamlar oxir-oqibatda shunday nuqtaga yetishi mumkinki, ular barcha narsalarni texnologiyalar orqali boshqarishadi. Masalan, biologik organlar yordamida o’z-o’zini takomillashtirish yoki genlar seleksiyasi orqali o’z farzandlarining hislatlarini tug’ilishidan oldin tanlash. Agar bunga ruxsat berilsa, bu keyinchalik mukammal odamlar yaratilishiga olib kelishi mumkin.

Nodira QURBONBOYEVA tayyorladi.

«7 Mo»jiza» gazetasidan

Insoniyat barmoqlaridan ayriladimi?

Facebook’dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A’zo bo’lish uchun «Nravitsya stranitsa» tugmasini bosing: