Qadimgi Xitoy devorini bino qilishganda, uning balandligi sabab dushman o’ta olmaydi, deb o’ylashgan. Ammo, bor-yo’g’i yuz yilga bormay Xitoy uch marta hujumga uchradi. Dushman armiyasi uch marta ham devordan o’tishga ehtiyoj sezmadi. Sababi – ular devorda turgan qo’riqchilarga pora berib, eshik orqali kirdi.
Xitoyliklar devor bino qilish bilan mashg’ul bo’lib, haqiqiy qo’riqchi inson bino qilishni unutishgan edi. Inson bino qilish barcha narsaning binosidan oldin turadi. Bugun yoshlarimiz ana shunga muhtoj.
Sharqshunoslardan biri aytadi:
«Agar biror bir xalqni barbod qilmoqchi bo’lsang, avvalo oilani barbod qil, so’ngra ta’limni barbod qil, so’ngra esa o’rnak bo’ladigan insonlarni yomonotliq qil.
Oilani barbod qilish uchun unda onaning rolini yo’qot. Uni «uy bekasi» nomidan xijolat bo’ladigan qilib qo’y.
Ta’limni barbod qilish uchun muallimning jamiyatdagi o’rnini yo’qot. Toki talabalar uni hurmat qilishmasin.
O’rnak va peshvolarni barbod qilish uchun ulamolarga ta’na qil. Ularni behurmat qilishga harakat qilki, kishilar ularga ergashmasin»