Ilon Maskning boyligi yana ortdi

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning boyligi 250 milliard dollardan oshdi. Bunga elektromobil ishlab chiqaruvchining aksiyalari narxi qimmatlashib borayotgani sabab bo’lmoqda, deyiladi, Blumberg agentligining Bloomberg Billionaires Index (BBI) tahliliy markazining tarqatgan hisobotiga tayanib bergan xabarida.

Hisobotda aytilishicha, Maskning boyligi so’ngi bir kunda 3,9 milliard dollarga oshib, jami 252 milliard dollarni tashkil etgan. Blumbergning ma’lumotiga ko’ra, Tesla rahbari hamon dunyoning eng boy kishilari ro’yxatini boshqarib kelmoqda. Ushbu ro’yxatda ikkinchi o’rin Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli bo’ldi. Uning boyligi 193 milliard dollarga baholangan.

 

Umuman, hozirda Tesla kompaniyasining kapitallashuvi 900 milliard dollardan oshgan, aytiladi.

 

Bundan oldinroq kompaniya so’nggi chorakda rekord darajada ko’p foyda olganini ma’lum qilgan edi.