Ilon Mask qo'shiqchi Grayms bilan ajrashdi

«Biz qisman ajrashdik, ammo oldingidek bir-birimizni yaxshi ko’ramiz, tez-tez ko’rishib turamiz va yaxshi munosabatdamiz», — deydi Mask.

Uning so’zlariga ko’ra, Mask Texasda ishlab, tez-tez xorijiy safarlarni amalga oshirmoqda, Grayms esa Los-Anjelesda yashayapti.

Eslatib o’tamiz, juftlik haqida birinchi bor 2018 yilning mayida xabarlar tarqalgan edi. Oradan ikki yil o’tgach, ular o’g’illi bo’ldi va unga X Æ A-Xii deya ism qo’ydi. Graymsning so’zlariga ko’ra, mazkur ismdagi X — noma’lum o’zgaruvchi, Æ — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so’zi ham shunday yoziladi, A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12 hisoblanadi.