97 KUNLIK FARQ BILAN TUG'ILGAN EGIZAKLAR…

 

Germaniyaning Keln shahrida yashovchi Oksana ismli nemis ayoli olti oylik homilador edi. U egizaklarni dunyoga keltirishi lozim edi. 2018 yil 17 noyabr kuni to’lg’oq jarayoni boshlandi-yu, vrachlar ayolni jarrohlik amaliyoti yordamida tug’dirishga ahd qilishdi. Tug’ilishi shart bo’lgan chaqaloq qiz ekan. Ammo vazni atigi 900 grammga teng edi. Shuning uchun vrachlar egizaklarning ikkinchisini ona qornida qoldirishga majbur bo’lishdi. U kerakli vaznga ega bo’lmasa, muddatida tug’ilmasa, halok bo’lishi mumkin ekan.

— Ona qornida barcha shart-sharoitlar yetarli edi, — deydi tug’ruqxona bosh vrachi Uve Shellenberger. — Shu sababli egizaklarning birini qoldirdik…

Xayriyat, oradan 97 kun o’tgach, ya’ni, shu yil 22 fevral kuni egizaklarning ikkinchisi dunyo yuzini ko’rdi. U ham qizaloq ekan. 3, 7 kilogramm vazn bilan tug’ildi. Hozir ikki egizakning ham ahvoli yaxshi. Kam vaznda tug’ilgani allaqachon vazn to’plashda yaqinda dunyo yuzini ko’rgan egizagiga yetib olgan.