Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan Sandjivan nomli shifoxona oldidan o’tib ketayotganda ikki yigit qo’rqinchli voqeaning guvohi bo’lishdi va uni kameraga yozib olishdi. Tasvirda ayol shifoxona devorga bir o’zi guvohlar ko’z oldida xuddi ichiga ruh kirib olgandek chiqib ketib turli harakatlarni qilgan deb xabar berdi “planetanovosti.com” sayti.
Notanish ayol qo’rqinchli kinolardagi ruhlar kabi uzun qora sochli, ustida esa oppoq ko’ylak kiygan edi. Ikkinchi guvohning ta’kidlashicha, ayol shifoxonadagi bemor emas, balki haqiqiy ruh.
Bir narsa aniqki, oddiy inson bunday chaqqonlik bilan tekis bo’lgan devorga chiqa olmas edi. Hattoki, sportchi bo’lganda ham. Balki ayol “Oyparastlik” kasalligi bilan og’rigandir. Bunday uyqu paytida odam oddiy inson qila olmaydigan ishlarni bemalol bajara olishi olimlar tomonidan isbotlangan.
Mutaxassislar oyparastlik kasalligining qanday kelib chiqishini tushuntirib bera olmaydilar, lekin bunday kasallikning mavjudligini tasdiqlashadi.
Bunday bemorlar aqlga sig’maydigan ishlarni bemalol uddalashadi. Masalan, teshiklardan yiqilmay o’tish, bir tomdan ikkinchi tomga sakray olish.
Tarmoq foydalanuvchilarning fikriga ko’ra, ayol devorga turli iplar yodamida chiqqan. Boshqalar esa nazariyani inobatga olgan holda, ayol devordan tushayotganini, video esa shunchaki teskari qilib olinganini aytishmoqda.