Sabzavotlar ichida sevimlisi bo’lmish pomidor eng foydali ozuqa hisoblanadi.
Pomidorga qizil rang baxsh etadigan likopen moddasi tabiiy antioksidant hisoblanib, saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi. Jiddiy kasalliklar rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Agar uni kundalik ratsioningizga kiritsangiz, tanada «baxt gormoni» — serotoninni sezilarli darajada oshiradi.
Mahsulot reproduktiv tizim faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ichakdagi buzilish jarayonlariga qarshi turadi. Oshqozon-ichak organlarining shishishi va noqulaylikdan azob chekishingiz to’xtaydi.
Ota-bobolarimiz tanadan ortiqcha safro va suvni chiqarib tashlash uchun ham pomidordan foydalanishgan. Mutaxassislar urolitoz bilan og’rigan odamlarga pomidor sharbatini tavsiya qilishadi.
Mazkur ichimlik organizmdagi tuz va suyuqlik muvozanati buzilganida inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, tomat sharbati qonda temir moddasi yetishmasligi, yuqori qon bosimi va anginadan aziyat chekayotgan shaxslarga tavsiya etiladi. Pomidorni xush ko’ruvchi insonlarning qon tomirlarida tromboz deyarli shakllanmaydi.
Pomidorni iste’mol qilish esa yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish uchun o’ta foydali.
Pomidorning shifobaxsh
xususiyatlari
Pomidor inson organizmiga faqat ijobiy ta’sir qilib qolmay, kayfiyatni ham ko’taradi. Unda organik modda hisoblanuvchi tiramin mavjud. Tiramin rganizmda serotonin moddasiga aylanadi. Shu modda borligi sababli pomidor inson kayfiyatini ko’tarib, tushkunlikka qarshi kurashishda insonga yordam beradi.
Pomidorning shifobaxshligi unda purin moddasi mavjudligi va kaloriyasi kamligidadir. Ortiqcha vaznli kishilarga, buyrak kasalligi bilan og’riganlarga hamda badanda ortiqcha tuz yig’ilgan kishilarga pomidor tanovul qilish tavsiya etiladi.
Pomidor iste’mol qilish qand kasalligi bilan og’rigan, yog’ bosib semirish va modda almashinuvida muammosi bor kishilarga ham foydali. Pomidor, shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega, shu sababdan ovqat tanovul qilgandan yarim soat o’tkazib, bir piyola tomat sharbati ichilsa, ovqat hazm qilishdagi muammolar yo’qoladi.
Modda almashinuvi jarayoni buzilganda ham pomidor iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki u o’zining shifobaxsh xususiyatlari bilan modda almashinuvidagi illatlarni va organizmdagi tuz yig’ilishini bartaraf etadi. Ovqatlanish jarayonida ratsioningizga muntazam foydali moddalar va vitaminlarga boy bo’lgan tomat sharbatini qo’shishni yodingizdan chiqarmang.
Arterial qon bosimini me’yorga keltirish uchun 1 stakan tomat sharbatini ichish tavsiya etiladi. Homilador ayollar me’yorida pomidorning o’zini iste’mol qilishi lozim. Chekishga berilgan kishilarga ham pomidorning foydasi katta.
Pomidorda mavjud ayrim moddalar sababli uni muntazam iste’mol qilish nikotin smolalari va zaharli toksin moddalarini parchalab, ularni hatto o’pkadan chiqarib yuborishga sabab bo’ladi. Ular tishlarni tamaki smolalaridan forig’ qilib, maza-ta’m sezish qobiliyatini me’yoriga keltiradi.
Pomidorda katta miqdorda antioksidant — likopin moddasi mavjud bo’lib, uni doimiy iste’mol qilish erkaklarda prostata saratoni paydo bo’lishining oldini oladi. Pomidor iste’mol qilish kuch-quvvatni oshirib, immunitetni ko’taradi.
Pomidor sharbati diabet bilan og’rigan kishilar uchun ham tavsiya etiladi va foydali hisoblanadi. Mahsulot qonda glyukoza miqdorini me’yoriga tushiradi. Organizmdan yomon xolesterinni haydab chiqaradi. Sharbati xotirani mustahkamlashga yordam beradi.