Amerikalik bir erkak voyaga yetmagan o’g’lining adabini berib qo’yishning g’alati usulini topdi. Mazkur hodisani ko’rgan guvohlarning aytishicha, bola qo’rquvdan qichqirib bir mashinadan qocha boshlagan. Aslida o’sha mashinadagi odam bolaning otasi ekan.
Bir uyga kirib, jon saqlagan o’g’ilning so’zlariga ko’ra, unga otasi bir necha bor cho’milib chiqishni buyurgan. Ammo o’g’li gapga kirmagach, kamar bilan jazolashga tutingan. Biroq bola chaqqonlik qilib ko’chaga yugurib chiqdi. Shundan so’ng otaning uni ko’cha bo’ylab mashinasida quvlashdan boshqa chorasi qolmadi.
Izohlarni ko`rish