Shunday paytlar bo’ladiki, biz biror ishni boshqarishda qandaydir noqulayliklarga, mushkulotlarga duch kelamiz. O’ylab turib, hali o’zimizda mustaqil ish yuritishga to’liq qobiliyat yo’qligini his etamiz. Ammo oramizda shunday qobiliyatni to’liq egallaganlar ham yo’q emas.
Ushbu test mustaqil ish yurita olish-olmasligingizni nazoratdan o’tkazib olishingizda ko’makchi bo’ladi deya umid qilamiz.
1. TAShABBUSKORLIK
a) Qo’shimcha topshiriq kutasiz
b) Juda topqirsiz, har qanday topshiriqni mustaqil bajara olasiz
v) Ishning ma’lum qismini boshliq ko’rsatmasisiz bajarasiz
g) Umuman tashabbus yo’q. Buyruq kutishdan nariga o’ta olmaysiz.
a) Odamlarga do’stona munosabatdasiz
b) Muloyimsiz
v) Ba’zan siz bilan ishlash juda qiyin kechadi
g) Bu xususda umuman no’noqsiz.
a) Irodangiz kuchli, o’zingizga qattiq ishonasiz
b) Har qanday buyruqni juda chiroyli ko’rinishda bera bilasiz
v) Ajoyib yetakchisiz
g) Sizdan rahbar chiqishi qiyin.
a) Har qanday ishda mas’uliyatni sezib faoliyat yuritasiz
b) Boshliq ko’rsatmasi bo’yichagina ishlashga ko’nikkansiz
v) Ko’rsatmalarni ichki norozilik bilan qabul qilasiz
g) Har qanday ko’rsatmadan ochiqchasiga bosh tortasiz.
a) Har bir ishni oqilona tashkil etasiz
b) Juda ustamon tashkilotchisiz
v) Tashkilotchilik qobiliyatingizni o’rtacha baholaysiz
g) O’zingizni yomon tashkilotchi deya hisoblaysiz.
a) Ishni tez va aniq bajarasiz
b) Ehtiyotkorlikka e’tibor berasiz
v) Tez ishlaysiz, lekin ko’p xato qilasiz
g) Odatda biror ishni boshlashda shubha va qo’rqoqlik sizni to’xtatib qoladi.
a) Bir maqsadni ko’zladingizmi, qaytmaysiz
b) Har qanday holatda iloji boricha ishni oxiriga yetkazish tarafdorisiz
v) Qaysarligingiz o’rtacha
g) Siz umuman qaysar emassiz.
NATIJALAR: O’zingizga «a» javoblari uchun 4 ball, «b» javoblari uchun 3 ball, «v» javoblari uchun 2 ball, «g» javoblari uchun 1 balldan qo’ying.
25-28 ball.
Mustaqil ish yuritishda noyob qobiliyat egasisiz. Qat’iyat, boshqalarni o’z so’zlaringizga ishontira oluvchi insonsiz. Shu sababli hamkasblaringizga nisbatan ko’proq ishlarni bajarasiz.
21-24 ball.
Etakchilik uchun sizda barcha imkoniyatlar mavjud. Ishingiz rivoj topishi uchun tinmay harakat qilasiz. Bu odatingiz rahbarlarga ham ma’qul tushadi.
17-20 ball.
Agar mustaqil ish yuritishni xohlasangiz, sabrli bo’lishga odatlaning. Bundan tashqari, yetarlicha tajriba to’plang. Odamlar bilan to’g’ri munosabat yuritishga o’rganing.
13-16 ball.
Siz hozircha mustaqil ishlashga shoshilmang. Chunki sizda hali tajriba kam va shaxs sifatida shakllanib ulgurmagansiz. Agar odamlar bilan muloqotda ochiqlikka e’tibor qaratsangiz, yetakchilik qobiliyati ham sizda namoyon bo’la boradi.
12 va undan kam ball.
Sizda javobgarlik, bir ishni boshqara olish sifati o’rtachadan ham pastroq ekan. Tajribangiz, umuman, ichki ijobiy sifatlaringiz juda-juda oqsagan. Ularni bir qolipga solish, ish yuritishdagi qobiliyatni o’stirish uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi deb o’ylaymiz. Nega deganda, oddiy muomalangizda ham rahbarlik ohangi sezilmaydi. Qolaversa, shu qadar soddasizki, har qadamda aldanib yurasiz. Dadilroq bo’ling!
Behruz tayyorladi.