“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
37 yoshli portugaliyalik o’tgan oy 4 ta o’yinda 5 ta gol urdi.
Ronaldudan tashqari, Natan Kollinz (“Byornli”), Kevin De Bryuyne, Gabriee Jezus (“Manchester Siti” ), Bruno Gimaraysh (“Nyukasl”), Son Xin Min (“Tottenxem”), Tiago Alkantara (“Liverpul”) va Leandro Trossar (“Brayton”) ushbu sovringa da’vogarlik qilishdi.
Ronaldu 2021/22 yilgi mavsumda ikkinchi marta Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. U birinchi marta mukofotni 2021 yil sentyabr oyida olgan.
Izohlarni ko`rish