BIR TUTAM KULGIM BOR, KULMAYSIZMI?

 

 

***

 

Qulog’i kar boshqa bir kardan so’radi:

— Baliq oviga ketyapsanmi deyman?

— Yo’q, baliq oviga ketyapman.

— Ha-a, men baliq oviga ketyapsanmi deb o’ylabman.

 

***

 

Talaba universitetda adabiyot fanidan imtihon topshiryapti. Muallim savol berdi:

— Dunyoning ilk ayol uchuvchisi kim bo’lgan?

Talaba javob berdi:

— Yalmog’iz kampir.

 

***

 

E’LON:

— Qizlar, siz bir umr ketvorgan avtomobil, qo’lingizga dastalab dollarlarni tutqazuvchi badavlat erkakni orzulagandingiz. To’g’rimi? Orzuingiz ushaldi deyavering! Bizning avtosalonimizga kassir qiz kerak!

 

***

 

Tong. Xotin eridan so’radi:

— Dadasi, nega kechasi uyqu orasida Nadyaxon, Nadyaxon deb baqirib chiqdingiz?

— Aytsam ishonmaysan. Tushimda men Lenin emishman!

 

***

 

Yarim kechasi xotin erini uyg’otib so’radi:

— Karavot ostida sichqon nimanidir qitirlayotganday bo’lyaptimi?

— Nima qilay shunga? Miyovlaymi?

 

***

 

Er xotiniga dedi:

— Jonim, iltimos menga uchta so’z aytgin, men xursandligimdan yettinchi osmonda yurganday bo’lay!

— Marhamat, arqon shkafda.

 

***

 

Xotin:

— Dadasi, baliqlar dunyodagi eng noshud, ahmoq jonzot emish. Shu rostmi?

— Rost, o’zimning baliqcham, rost!

 

***

 

Er xotiniga dedi:

— Turli yoshartiradigan dorilarni ichib yurishingga qarshi emasman. Lekin bir narsa esingda bo’lsin, qizing bilan sening orangda kamida to’qqiz oy farq bo’lishi kerak.

 

***

 

O’quvchi muallimdan so’radi:

— Ustoz, daftarimga nima deb yozdingiz? Hech narsani tushunib bo’lmayapti.

— “Tushunadigan qilib yozgin” deb yozdim.

 

***

 

Ikki tanish uchrashib qolishdi.

— Men mashina sotib oldim.

— O’, zo’r-ku!

— Zo’r ham gapmi? Mashinang bo’lsa, hamma narsaga ulgurarkansan. Masalan, kecha ertalabdan kechgacha juda ko’p ishni bajarishga ulgurdim.

— Masalan, qanday ishni?

— Mashinaning moyini almashtirdim, yangi ballonlar sotib oldim, bozorga tushib mashinamga yangi qanot sotib oldim. So’ngra avtoservisga borib uyoq-buyog’ini sozlattirdim. Mashinam bo’lmasa, shuncha ishni bajarishga ulgurmasdim-da!

Olimjon HAYIT tayyorladi