Alp tog’larida muzliklarning erib, o’pirilishi oqibatida halok bo’lganlar soni olti kishiga yetdi, 9 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda Zamon.uz’.
Ta’kidlanishicha, 15 nafar bedarak yo’qolganlarni qidirish davom etmoqda. 3 500 metr balandlikda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, fojia Trento provinsiyasida, Apennin yarim orolining eng yirik muzligi Marmoladada sodir bo’lgan.Ikki guruh alpinistlar toqqa chiqishayotganida, katta muz, qor va tosh parchalari 300 km/soat tezlikda tepadan pastga qulagan.
Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Qayd etilishicha, muz massasining yemirilishi muzlik tepasida +10 daraja – rekord iliq harorat qayd etilganidan bir kun o’tib sodir bo’lgan. Qutqaruvchilar yangi xavf borligidan ham ogohlantirgan.