Undirilgan bug’doydan tayyorlangan yuz uchun niqoblar yuzdagi dog’lar, ajinlarni ketkazadi. Teri elastikligini tiklaydi va silliqlashib, oqartiradi.
Buning uchun bizga 1 oshqoshiq undirilib, maydalanib, bo’tqa holatiga keltirilgan bug’doy massasi va 1 oshqoshiq qatiq kerak bo’ladi.
Barchasi aralashtirilib, 15 daqiqaga salqin joyga qo’yiladi.
Tayyor bo’lgan niqobni yuzga surtishdan avval yuzlar tozalab yuviladi. Yuzga surtib, 20 daqiqadan so’ng iliq suv bilan yuviladi.
Izohlarni ko`rish