GITLER HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Gitler Rossiya poytaxti Moskva shahridagi jami tirik jonni qirib, shaharni suvga cho’ktirib yuborishni rejalashtirgan. Buning uchun avval alohida suv ombori qurishni mo’ljallagan.

2. Nemislar generali Ervin Rommel Gitlerning asirlikdagi yevreylarni ommaviy tarzda o’ldirish haqidagi buyrug’ini bajarishdan bosh tortgan.

3. Adolf Gitler bolalikdan rassom bo’lishni orzu qilardi. Ammo Venadagi arxitektura maktabiga kirish imtihonlaridan o’ta olmagan.

4. Gitler 1942 yildan to o’limigacha, aniqrog’i, 1945 yilga qadar narkotik iste’mol qilgan. Shu sababli qo’l ostidagi armiya fashistlariga ham doimiy ravishda narkotik tarqattirgan.

5. 1936 yili Gitler Berlinda o’tgan olimpiya o’yinlari g’oliblariga chinor ko’chatlarini hadya qilgan.

6. Gitler tish do’xtiridan o’lgudek qo’rqqan. Xuddi qizlar kabi chiroyli yozganligi uchun maktabdagilar ma’lum vaqt uni hezalak bo’lsa kerak deb o’ylashgan.

7. U Uinston Cherchillni shokolad konfetiga joylangan bomba yordamida o’ldirmoqchi bo’lgan.

8. Gitler o’smir paytida yevrey millatiga mansub qizni sevardi. Ammo hech qachon muhabbatini qizga izhor eta olmagan.

9. Gitlerning familiyasi Shiklgruber bo’lishi lozim edi. Ammo otasi 1877 yili Gitler familiyasiga o’zgartirgan.

10. Gitler vegetarian bo’lgan. Shu sababli hayvonlarni himoya qilishga oid ko’plab qonunlar o’ylab topgan.

11. Gitler 1924 yili Landsberg turmasida jazo muddatini o’tayotib, «Mersedes» kompaniyasi ofisiga avtomobil sotib olish uchun kredit berishni so’rab murojaat etgan.

12. Gitlerning kabinetida Genri Fordning portreti osig’lik turgan. Go’yoki Fordning suratiga boqsa, fashistlar yetakchisi ilhom olarmish.

13. Amerika maxfiy xizmat tashkiloti xodimlari ko’p marotaba Gitlerning ovqatiga estrogen — ayollar garmonini qo’shishga, shu yo’l bilan uni ayolsifatga aylantirib qo’yishga uringan. Biroq uddasidan chiqa olmagan.

14. Gitler «Aylurofobiya» xastaligi (Mushukdan qattiq qo’rqish) bilan og’rigan. Bundan tashqari, «Meteorizm»dan ham azoblangan. Bu xastalikka qarshi kurashish yo’lida 28 xil dori vositasidan foydalanib ko’rgan. Baribir tuzalib ketmagan. Eslatib o’tamiz, meteorizmga chalinganlar havo o’zgarishi tufayli turli og’riqlarni boshdan o’tkazadi. O’zini yomon his eta boshlaydi.

15. To’rt yoshida Gitler suvga cho’kib ketgan. Ammo uni bir ruhoniy qutqarib qolgan ekan.

16. 1913 yili Gitler Stalin bilan Venada qo’shni bo’lib yashagan. Hatto, kafega kofe ichish uchun birga kirib yurishgan.

17. Gitler va Usama bin Ladenning o’limi haqidagi xabar bir kunda — 1 may kuni e’lon qilingan.

Olimjon HAYIT tayyorladi