KELING BIR KULIShAYLIK !!!

***

Bir erkak daryoga cho’kyapti va bor ovozda qichqiryapti:

— Nelr! Nelr!

Daryo bo’yidan o’tib ketayotgan ikki erkakning biri sherigiga dedi:

— Anavi ovsarni qara! Suzishni o’rganish o’rniga daryoga tushvolib ingliz tilini o’rganish bilan shug’ullanyapti.

 

***

Bir yigit vrach qabuliga kelib dedi:

— Do’xtir, yordam bering! Men begona ayollar bilan uchrashishni yoqtiraman. Ammo har gal ularning erlari tutvolib do’pposlashadi. Nima qilay?

— Armiyaga boring!

Ikki yildan keyin o’sha yigit yana vrach qabuliga keldi. Vrach undan so’radi:

— Xo’sh, mana, armiyaga bordingizmi?

— Albatta.

— Endi begona ayollar bilan uchrashmay qo’ygandirsiz-a?

— Nega uchrashmayman? Ilgarigidanam ko’proq uchrashyapman. Ammo erlaridan kaltak yemay qo’ydim.

— Qanday qilib?

— Armiyada 45 soniyada kiyinishni o’zlashtirib keldim.

 

***

Keksa yevrey ko’k choy damlashning havosini olgandi. Hech kim u kabi ko’k choyni mazali damlay olmasdi. O’g’illari bu san’atning sirini bilishga qancha urinishmasin, aytmasdi. Nihoyat jon beradigan pallasi yaqinlashibdi-yu, o’g’illari o’rab olib yolvora boshlashibdi.

— Ota, ko’k choyni mazali damlashingizning sirini ayting, bizga meros bo’lib qolsin!

Shunda yevrey aytibdi:

— Quruq choyni choynakka bir qoshiq ko’proq solasizlar.

 

***

Rossiyada “Hushyorlik kuni” degan yangi bayram o’ylab topishgandi. Odamlar bu bayramni qanday nishonlashni bilmay garang bo’lishdi.

 

***

Evrey xotiniga dedi:

— Saraxon, nihoyat sening orzung ushaladigan bo’ldi. Endi biz sen xohlaganday qimmat kvartirada yashaymiz!

— Voy, kvartira sotib olamizmi?

— Yo’q, JEK dagilar kvartira haqini oshirishibdi.

 

***

Er-xotin mashinada ketib borishardi-yu, nuqul janjallashishardi. Bir mahal xotin qaysidir qishloq ko’chasida ikkita eshakni ko’rib qolib eriga dedi:

— Ana, qarindoshlaringiz turishibdi!

— Ha-a, to’ppa-to’g’ri, qaynonam bilan qaynotam.

 

***

E’lon:

— Bir hafta oldin farzandli bo’lgan otalar uchun maxsus aksiya e’lon qilinadi! Chaqalog’ingizni uxlatib qo’ying! Sovg’a sifatida xotiningiz hadya etiladi!

 

***

Erkak do’stiga hasrat qilyapti:

— Kecha televizorda eshitib qoldim. Dunyoning qaysidir burchagida bir ayol bormish. Eriga so’zsiz bo’ysunarmish, nuqul erining so’nggi qarorini kutib turarmish, xiyonat qilmasmish, yolg’on gapirmasmish, cho’ntaklarini paypaslamasmish, hadeganda eriga ro’zg’ordagi taqchillikdan, erining qo’li yupqaligidan shikoyat qilmasmish, erini rostakamiga sevarmish, uydagi gapni ko’chaga tashimasmish, uyidan ota-onasinikiga buyum, pul tashimasmish…

— O’, zo’r-ku! Kimdir ko’rgan ekanmi o’sha ayolni?

— Afsuski, hech kim ko’rmagan ekan.

 

***

Evrey tomorqasiga qop-qop pullarni ko’mardi. Qo’shnisi ko’rib qolib dedi:

— Oshna, nega ko’myapsan pullaringni? Yaqinda hamma plastik kartochkaga o’tib ketadi. Hech kimda naqd pul bo’lmaydi.

— Hech kimda bo’lmasligi mumkin, ammo menda bo’ladi.