O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga «Bavariya» futbol klubi libosi sovg’a qilindi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.
Ma’lum bo’lishicha, Aripovga ushbu libosni Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder taqdim etgan. Zyoder suratni instagramdagi sahifasiga joyladi.
O’zbekiston bosh vaziri va “Bavariya” futbol klubi muxlisi Abdulla Aripov bilan uchrashuv. Bavariya va O’zbekiston yaxshi aloqada. O’zbekiston Germaniyaning ishonchli xalqaro hamkori hisoblanadi va Bundesverni Afg’onistondan evakuatsiya qilishda yordam berdi, – deydi Markus Zyoder.
Ta’kidlash joiz, Afg’onistondagi vaziyat o’zgargach Bundesverning (Germaniya Qurolli kuchlari) bir nechta evakuatsiya samolyoti Toshkent orqali Germaniyaga uchgan edi.
Izohlarni ko`rish