Joriy yilning 6 aprel kuni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Berlinda 300 nafar yosh liderlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda «Buyuk Kelajak»ning eksperti Kamilla Sultanova O’zbekiston va Skandinaviya nomidan ishtirok etdi.
Uchrashuvdan maqsad fuqaroviy faollikni oshirish bo’lgan. Shuningdek, sobiq prezident «Obama Fondi» yosh liderlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan.
Kamilla Sultanova o’zining «Facebook»dagi sahifasida ushbu kun uning xotirasida abadiy qolishini aytib o’tgan.
Izohlarni ko`rish