EShAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Eshak otlar oilasiga mansub bo’lsa-da, juda qaysar va ba’zan agressiv hayvon hisoblanadi.

2. Eshaklar bir-biriga nisbatan juda oqibatli jonivor hisoblanadi. Bir eshak ikki kilometr uzoqlikdan boshqa bir eshakning hangraganini eshitsa, oyog’i zanjirda bo’lsa ham zanjirni uzib o’sha qarindoshi bilan salom-alik qilib keladi. Bu hayotda ko’p bora isbotlangan.

3. Eshak odamlar orasida asosan yuk tashish va uzoq masofaga eltuvchi transport sifatida tan olinadi.

4. Eshak ot kabi tez yugura olmasligi mumkin. Lekin kerak bo’lganda, u mashinadan ham tezroq chopa oladi.

5. Ko’p hollarda Afrika mamlakatlarida yashovchilar eshakni suti, go’shti va terisi uchun boqadi.

6. Antik davrlarda eshak suti kosmetika sifatida yuqori baholangan. Qolaversa, eshak sutini qo’y va tuya suti bilan baravar baholashgan.

7. Qadimda eshak terisi do’mbiralar yasashda juda qo’l kelgan.

8. Eshaklar yovvoyi tabiat qo’ynida to’da-to’da bo’lib yashashadi.

9. Aytishlariga qaraganda, Kleopatra har haftada ikki marta eshak sutida cho’milgan ekan.

10. Eshak tabiatan juda qaysar jonivor. Agar ishlab charchagan bo’lsa, o’ldirsangiz ham baribir dam olmaguncha o’rnidan jilmay turaveradi.

11. O’rta asrlarda eshaklar Fransiyadagi yuqori tabaqali odamlar timsoli hisoblangan.

12. Agar eshakka yaxshi qarasangiz, mehr ko’rsatsangiz, kuniga 10 soatlab to’xtamay ishlashi mumkin.

13. Eshak uzoq vaqt suvsiz, ovqatsiz yashab qola oladi.

14. O’rta asrlarda Yevropada xiyonatkor xotin, fohishalar xalqning oldidan eshakka teskari mindirilgan holda olib o’tilgan.

15. Eshak yaxshi parvarish qilinsa, 25-30 yil umr ko’radi. Ayrim hollarda 50 yilgacha ham yashashi mumkin.

16. Eshak boshqa to’da eshagidan o’zi yashaydigan hududni shafqatsizlarcha himoya qiladi.

17. Eshak Amerikadagi demokratlar partiyasi timsoli hisoblanadi.

18. Eshaklarda nikoh mavsumi bahor oylarida bo’lib o’tadi. Urg’ochi eshak tug’ilajak bolasini 12-14 oy atrofida ko’ksida ko’tarib yuradi.

19. Eshak hech qachon ovqat tanlamaydi.

20. Eshakka iliq munosabatda bo’lsangiz, u sizga o’la-o’lguncha sodiq qoladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi