Bu ayol Nazira Rustamovadir. U 1969 yilda Qozog’istonning Turkiston shahrida, o’zbek millatiga mansub oilada tug’ilgan. Nazira Rustamova 4 yoshida noma’lum xastalikka uchrab, tibbiyotda «letargik uyqu» deb ataluvchi uyquga ketgan. Bundan bexabar bo’lgan shifokorlar uni o’lgan deb hisoblab, ota-onasiga topshirishgan. Shundan so’ng yaqinlari uni urf-odatga ko’ra dafn etishgan. O’sha kuni tunda bobosi Nazirani tushida ko’rib, bezovta bo’lgan. Ertasi kuni uni oila a’zolari qabrdan kovlab olishgan va mutaxassislarga ko’rsatishgan. Shifokorlar uni ko’zdan kechirib, o’lmaganligini, faqatgina chuqur uyqu holatida ekanini aniqlashgan. Shunday qilib, Nazira Rustamovani ota-onasi Toshkentga, tog’asining uyiga olib borishgan va u 20 yoshigacha o’sha yerda letargik uyquda bo’lgan. Uyqudan uyg’ongach, unda g’ayritabiiy xislatlar paydo bo’lgan. U o’zidagi qobiliyat bilan odamlarni davolagan va bir necha tillarda gapira boshlagan. Shunday qobiliyat orqali u tez orada Sobiq Ittifoq davlatlarida mashhur bo’lgan. Nazira Rustamovaning aytishicha, 16 yillik uyqu davomida u mashhur olim hamda shoir Xoja Ahmad Yassaviyning o’n to’rtinchi avlodi ekanini bilgan va o’sha kishining qo’l ostida diniy va dunyoviy bilimlarni o’rgangan. Ana shu o’rgangan bilimlari orqali u o’zida shunday qobiliyatlar paydo bo’lgan deb hisoblagan. Keyinchalik uni o’ziga xos xislatlarini aniqlash maqsadida Moskvaga olib ketishgan va bir necha tekshiruvlardan o’tkazishgan. Oradan bir necha yil o’tib, u yana Moskvaga qaytib borgan hamda ekstrasens sifatida davlat amaldorlarini davolagan. Sobiq Ittifoq parchalanib ketgandan keyin Nazira Rustamova yana o’z vataniga qaytib kelgan. Uyga qaytgach, u ekstrasens sifatida bemorlarni davolab yurgan. Keyinroq u Rossiyaga ko’chib borgan va o’sha yerda o’z faoliyatini davom ettirgan. Bugungi kunda 50 yoshdagi Nazira Rustamova yolg’iz qizi bilan Moskvada istiqomat qiladi.
Izohlarni ko`rish