Taniqli Fransuz modeli Islom dinini qabul qilganini ma’lum qildi va o’zining yangi e’tiqodiga kirishini hayotidagi «eng baxtli kun» deb atadi.
Fransiyalik model va realiti televideniesi yulduzi Marine El Ximer o’tgan hafta o’zining Instagram sahifasiga muqaddas dinni qabul qilgani, Ka’ba yonida ibodat qilayotgani va hijob o’ragan suratlarni joylashtirdi.
«Ayni damdagi his-hayajonlarini so’z bilan ifodalay olmayman. Buni ifodalash uchun kuchli so’zlar yo’q. Umid qilamanki, bu ruhiy tomondan menga kuch beradi va Makkaga qilgan sayohatim meni to’g’ri yo’lga yo’naltiradi, InshaAlloh», — dedi El Ximer ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Uning qo’shimcha qilishicha, uning qarori «jon, yurak va aql tanlovi».
Fransuz OAVlarining yozishicha, El Ximer asli marokashlik otasi va ularning kelib chiqishi haqida izlanishlar chog’ida bu dinga qiziqib qolishi tufayli Islom dinini qabul qilishga qaror qilgan. Xabarlarga ko’ra, u Islomni bir necha oy oldin qabul qilgan. Ammo ommaga endi e’lon qilgan. Aslida, to’g’ri va hidoyat yo’liga qadam bosib— muqaddas dinni qabul qilganining o’ziyoq uni yanada mashhur qildi.
El Ximer yaqinda Marokash fuqaroligini olgan.
Eslatib o’tamiz, model yaqin orada g’arbda Islomni qabul qilgan ikkinchi mashhur shaxs hisoblanadi. Ijtimoiy media arbobi va kikboksing bo’yicha sobiq chempion Endryu Teyt ham o’tgan oy Islomni qabul qilgandi.