«Bolonya» Shomurodovga qiziqish haqidagi ma'lumotni rad etdi

«Bolonya» sport direktori Jovanni Sartori Sport Ekspres nashriga bergan izohida klubning «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Biz Shomurodovga qiziqmayapmiz», dedi Sartori nashrga.

Avvalroq, 27 yoshli Shomurodov qishki transfer oynasida «Bolonya» yoki «Torino»ga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

2022/23 yilgi mavsumda Shomurodov «Roma»ning 7 ta uchrashuvida qatnashib, jami 85 daqiqani maydonda o’tkazdi va 1 ta gol urdi.