Fransiya milliy kutubxonasi arxividagi eng chiroyli imzo turk sultoni Sulaymonga tegishli ekanini ma’lum qildi.
“FMKdagi eng chiroyli imzo qaysi? Sulaymon Birinchi Fratsiskka yozgan maktubdagi tug’ro”, – deyiladi kutubxonaning Tvitterdagi sahifasida.
“Men sultonlarning sultoni, hoqonlarning hoqoni, hukmdorlarga toj bergan Allohning yerdagi soyasi…” deb boshlanuvchi maktub 1526 yilda yozilgan.
Kutubxonaning qo’lyozmalar bo’limida saqlanayotgan maktubning uzunligi 167,5 santimetrga, kengligi 35 santimetrga teng bo’lib, u 15 satrdan iborat. Maktubning tug’rosidan tashqari ba’zi so’zlari ham oltin bilan yozilgan.
Fransiya qiroli Fransisk 1525 yilda nemis imperatori tomonidan mag’lubiyatga uchratilgach, qirolning onasi turk sultonidan yordam so’ragan edi.