Ford kompaniyasi mutaxassislari tadqiqot o’tkazib, Mustang Mach-E elektromobilining har beshta egasidan biri ong ostida yoqilg’ili dvigatel o’rnatilgan avtomobil hidini qumsayotganini aniqladi. Ushbu «kamchilik»ni bartaraf etish maqsadida marka vakillari ishlayotgan ichki yonuv dvigateli hidini his qilishga yordam beradigan original Mach-Eau atirini yaratdi, deb xabar beradi Motor
Ford vakillarining so’zlariga ko’ra, yangi ifor so’rov davomida benzin hidi yetishmayotganini tan olgan Mustang Mach-E elektrokarining 70 foiz egasiga mo’ljallangan. Yangi Mach-Eau atirini avtomobil ishlab chiqaruvchi «yangi to’liq Mustang Mach-E elektromobilidan dinamiklik kutayotgan, biroq hamon an’anaviy benzin hidlarini qumsayotganlar uchun premium-klassdagi ifor» deya ta’riflagan.
Yangi atir benzin hididan tashqari, rezina, bodom, yorongul, shuningdek, havorang zanjabil, lavanda va sandar hidi bilan ham boyitilgan. Noyob atir Gudvuddagi tezlik festivalida taqdim etiglan, biroq uni xarid qilishning imkoni yo’q. Chunki bu Ford’ning xaridorlarni akkumulyatorli avtoulovlar katta imkoniyatlarga ega ekaniga ishontirishga qaratilgan kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Avvalroq Italiyaning Lamborghini kompaniyasi Culti Milano parfyumera brendi bilan hamkorlikda uy uchun mo’ljallangan «eksklyuziv, zamonaviy va energiyaga boy» atirni yaratgan edi.