Shimoliy Karolina universiteti muhandislari «antichivin» kiyimni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Kiyim matodan tikilgan va uning tarkibida insektitsidlar mavjud emas.
Mazkur kiyim hozirda testdan o’tkazib bo’lingan. Hisoblash modelining ko’rsatishicha, kiyim 100 foiz holatda chivin chaqishining oldini oladi. «Biz tolalar orasidagi teshiklar o’lchamini va iplarning qalinligini hisoblab, shundan so’ng tegishli matoni yaratdik», — deydi olimlar.
Bundan tashqari, olimlar o’z mahsulotini insektitsidlar yordamida ishlov berilgan kiyimlar bilan taqqoslab ko’rgan va natija kutilganidan yaxshiroq bo’lgan. Endilikda ixtirochilar o’zlari yaratgan «antichivin» kiyimni patentlashga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu kiyim boshqa hasharotlardan himoyalanishda ham samara beradi.
Bugungi kunda muhandislar ushbu mato asosida ichki kiyim, yengi uzun ko’ylak va boshqa kiyimlarni ham yaratgan.
«Korrespondent.net».