Forbes jurnali dunyoning eng milliarder ayollari ro’yxatini e’lon qildi. Bu safar ham ro’yxatdan milliarderlarning sobiq xotinlari va merosxo’rlari yuqori o’rinlarni band qildi.
Ma’lum qilinishicha, ketma-ket uchinchi yil «L’Oréal» kosmetika imperiyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Bettenkur-Meers birinchi o’rinni egallab turibdi. Uning boyligi 80,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Ikkinchi o’rinni 59 mlrd dollar bilan tadbirkor Devid Koxning bevasi Yuliya Kox va uning farzandlari band etdi. 2022 yilda ular reytingning uchinchi pog’onasidan joy olgandi.
Kuchli uchlikni «Valmart» brendi asoschisi Elis Uoltonning qizi yakunlab berdi. Forbes uning boyligini 56,7 mlrd. dollarga baholagan. U o’tgan yili ikkinchi o’rinda edi.
Yangilangan ro’yxatdan to’rtinchi o’rinni «Mars» shokoladlari asoschisi Jaklin Mars egalladi, uning boyligi 38.3 mlrd. dollarga teng deya baholandi.
Kuchli beshlikni qimor o’yinlari magnati Sheldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson $35 mlrd bilan yakunladi.