Kunni kulgi bilan boshlang!

Yarim tunda katta ko’chada ketayotgan ayolni notanish erkak quvlay boshladi. Ayol podyezdga kirdi. Erkak ham ortidan qolmadi. Ayol zinaga chiqqanda, qarasa, erkak unga yetib olibdi. Ko’zlarini mahkam yumdi-da, indamay turaverdi. Erkak esa uning yelkasiga qoqib dedi:

— Endi sen meni quvlab yet!

***

Er-xotin uy eshigi oldida xomush holda turishgandi, qo’shnilardan biri chiqib so’radi:

— Nima bo’ldi?

— Falokat!.. Garaj kaliti uy ichida, uy kaliti mashina ichida, mashina esa garajda qolib ketibdi!..

***

Ikki erkak narigi dunyoda uchrashib qolishdi.

— Sen qanday bu yerga kelib qolding?

— O’n to’rtinchi qavatdan tushib ketdim. O’zing-chi?

— Vey, uchib tushayotganda pastga qarash kerak-da!..

***

Bashoratchi sudlanuvchiga dedi:

— Bo’pti, men ham sud majlisida qatnashaman. Sud qachon boshlanadi dedingiz?

— Ertaga soat o’nda.

— O’, unda bora olmayman.

— Nega?

— Xuddi shu mahal meni mashina urib ketadi.