Hisobot 2021 yil 1 apreldan 30 iyunigacha AQShda yangiliklar lentasida ommaviy kontentni, shu jumladan, tavsiya etilgan kontentdan kelib chiqib tayyorlangan. Reklamaga oid statistikalar hisobotdan joy olmagan.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, ko’rilgan xabarlarning 57 foizi foydalanuvchining do’stlari yoki ular kuzatadigan odamlarga tegishli. 19,3 foizi — guruhlar, 14,3 foizi — turli sahifalardir.
Eng keng tarqalgan kontentning asosiy qismi (87,1 foizi) tashqi havolalarga ega emas.
Foto: Facebook
Havolali postlar kontentning 12,9 foizini tashkil etadi: ularning 2,3 foizi — foydalanuvchi obuna bo’lgan do’stlari sahifasida, 6,6 foizi esa guruhlarda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq eng ko’p ko’rilgan postlarda uchraydigan top-20 havolani taqdim etgan — ularga umumiy ko’rishlarning 0,1 foizi to’g’ri keladi xolos.
Eng ko’p tarqalgan havolalar — Player Alumni Resources sayti bo’lib, uni 87,2 million kishi ko’rgan. Ikkinchi o’rinni kannabis yog’ini sotadigan do’kon egallagan — 72,1 million. Uchinchi o’rindan esa 62,7 million karta ko’rishlar soni bilan YuNISEFning Hindistondagi COVID-19 bilan bog’liq hisoboti o’rin olgan.