ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…

 

Zaminimizning bag’ri keng. Tirik jonzotlardan tortib o’lik jismlargacha barchasini bag’riga olaveradi. Ammo shunday bag’ri keng maskanning ham xavfli, xosiyatsiz joylari yo’q emas. Quyida shunday maskanlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.

 

1. AMERIKA. YELLOUSTON ISTIROHAT BOG’IDAGI KISLOTA KO’LI.

Bu ko’lni ma’lum masofadan turib bemalol tomosha qilish mumkin. U hech kimga ziyon yetkazmaydi. Ammo ko’l so’viga qo’l tekkizish faqat o’lim hadya etadi. Masalan, bundan bir necha yil oldin Amerikaning Oregona shtatida yashovchi bir yigit ko’l suvining haroratini tekshirib ko’rmoqchi bo’ldi-yu, suvga qo’l cho’zdi. Shu zahoti sirpanib ketib ko’lga quladi va yaqinlarining ko’z o’ngida xuddi mum kabi erib bitdi.

ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…

2. KIVU KO’LI. MARKAZIY AFRIKA.

Qarasangiz, bu ko’l beziyon, odatiy ko’llardan biridek tuyuladi. Ammo inson hayotiga xavf solishda tengsiz. Kivu ko’li tubidan taxminan 55 milliard kub metr metan gazi joy olgan. Bu ham yetmagandek, ko’lga yaqin yerda Kituro vulqoni joylashgan. U 1948 yili uyg’ongan. O’shandayoq ko’l suvi qaynay boshlagan. Ko’lda yashovchi barcha tirik jonlar o’lim topgan. Shunday xavfli ko’l atrofida hozir ham ikki million kishi istiqomat qiladi.

ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…

3. SUVDAGI KATTAKON MOVIYRANG O’PQON. BELIZ.

Bu o’pqonning diametri 305 metr, chuqurligi esa 123 metrga teng. O’pqonni «Tiriklar qabristoni» deb atashadi. Suv ostida g’or, tor labirintlar. Dengiz mahluqlari umr kechiradi. O’pqonga tushgan tirik jon borki, dahshatli o’lim topadi.

ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…

4. INDONEZIYaDAGI OLOVLI TOG’.

Bu vulqon tez-tez uyg’onishga odatlangan. Oxirgi marta 2014 yili uyg’ongan. O’shanda o’nlab mahalliy aholi vakillari o’lib ketgan.

ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…

5. O’LIMGA ELTUVChI YO’L. BOLIVIYa.

Mahalliy aholi uni ajal yo’li deb behuda atamagan. Yo’lning bir tomonida ulkan tog’ qad rostlagan. Qachon qarasa sel kelib o’tgan-ketganga jiddiy xavf soladi. Bundan tashqari, shu yo’lda avtohalokatlar ko’p sodir bo’ladi. Barchasi albatta o’lim bilan yakun topadi. Yo’lda kutilmagan burilishlar ko’p. Ikkinchi tarafida olti yuz metrli jarlik mavjud.

ER YuZIDAGI O'LIM KELTIRUVChI JOYLAR…