* * *
— Dadasi, men siz bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman.
— Bo’pti, sen boshlab turaver, men g’izillab do’konga chiqib kelaman!
* * *
Er: — Senga uylanishga qaror qilganimda g’irt ahmoq ekanman.
Xotin: — Qarang, sizni shu qadar qattiq sevib qolgan ekanmanki, ahmoqligingizni payqamabman-a!
* * *
Xotin:
— Ertaga biznikiga onam kelarkan.
Jimlik.
— Gapimni eshitdingizmi?
Jimlik.
— Nima, onam kelishidan xursand emasmisiz?
Jimlik.
— Mana bu boshqa gap. Jahlingiz chiqmasligini bilardim.
Og’ir xo’rsinish.
— Menga baqirmang!
* * *
Xotin:
— Siz meni hech qachon sevmagansiz. Qasam ichib aytamanki, o’lganimdan so’ng ertasi kuniyoq boshqasiga uylanib olasiz.
Er:
— Qasam ichishning nima keragi bor? Shundoq ham gapingga ishonaman.
* * *
Er xotini bilan janjallashib qolib, ko’ch-ko’ronini yig’ishtirdi-da, ketish oldidan dedi:
— Men albatta kosmonavtlikka o’qiyman. Sen bilan yashagandan ko’ra meteoritga urilib o’lganim yaxshi.
Oradan bir daqiqa o’tar-o’tmas, qaytib kirib dedi:
— Omading bor ekan! Tashqarida jala quyyapti.
* * *
— Eshitdingmi, Toshmatvoy aka tomorqasiga judayam qo’rqinchli yog’och haykalcha qo’yib olibdi!?
— Yo’g’-e!
— Ha, haykalcha shu qadar qo’rqinchli ekanki, o’tgan yili don o’g’irlab ketgan qarg’alarning hammasi o’sha donlarni qaytarib berishibdi.
* * *
— Do’xtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xo’sh, xizmat haqingizga necha million so’m so’raysiz?
* * *
Juhud xotinini begona erkak bilan tutib oldi. Sudda undan so’rashdi:
— Nega o’sha erkakning peshonasiga to’pponcha tiradingiz-u, otib tashlamadingiz?
— Men to’pponchani uning boshiga tiraganimda: «Shu to’pponchang uchun qancha so’raysan» dedi. O’zingiz o’ylang, tijorat haqida gapirgan odamniyam o’ldirib bo’larkanmi.
* * *
Boyvachchaning o’g’li institutga kirish imtihonini topshiryapti. Imtihon oluvchi undan so’radi:
— Oxirgi savol. Rus-yapon urushi qaysi davlatlar o’rtasida bo’lib o’tgan?
* * *
— Itingiz zotdormi?
— Ha, itim aristokratlar xilidan. Afsuski, gapirishni bilmaydi-da! Agar gapirishni bilganda, siz bilan ham, men bilan ham gaplashib o’tirmagan bo’lardi.